09:38 / 20.07.2015
2963

Yaponiya va KXDR olib qochilgan yaponlar masalasida yashirin muzokara o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi

Shu yilning may oyida Yaponiya va Shimoliy Koreya vakillari 1970-yillarda Koreya razvedkasi tomonidan olib qochilgan Yaponiya fuqarolari masalasi bo‘yicha yashirin muzokaralar o‘tkazgani aniqlandi. Kyodo agentligining xabar berishicha, muzokaralar Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan.
Yashirin muzokaralar ushbu masalada KXDR tomonidan o‘tkazilgan oxirgi tergov yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan edi. Pxenyan tergov natijalarini 4 iyulga qadar taqdim etishi kerak edi, ammo muddat yakunlanishiga 2 kun qolganida qo‘shimcha vaqt so‘radi. Bosh vazir Sindzo Abe Mo‘g‘ulistonga o‘z vakilini yuborib, masalani oydinlashtirishga harakat qildi.
Muzokaralarning mazmuni haqida ma'lumot berilmadi.
Yaponiyadan farqli ravishda, KXDR bilan diplomatik aloqalarga ega bo‘lgan Mo‘g‘uliston ikki davlat o‘rtasida dialog o‘rnatishda ko‘p bora vositachilik qilgan.

Top