Jahon | 15:00 / 20.07.2015
3050
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada bosh vazir Sindzo Abening reytingi rekord darajada pastladi

O‘kazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening mamlakat aholi orasidagi nufuzi keskin darajada pasaygan. Bu bo‘yicha so‘rovnoma Mainichi Shimbun gazetasi buyurtmasi bilan o‘tkazilgan.

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda Abeni xalqning atigi 35 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.

Xabarda aytilishicha, hukumat harbiylarning vakolatlarini kengaytirish xususida qonun qabul qilgani bunga sabab bo‘lgan.

Abe esa harbiylarning vakolatlari kengayishi bo‘yicha qonun mintaqada Xitoy tahdidi kuchayayotgani munosabati bilan qabul qilingan chora ekanligini ta'kidlagan.

So‘rovnoma ishtirokchilaridan 28 foizigina ushbu qonun tinchlikni ta'minlashga xizmat qilishiga ishonishini bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish