O‘zbekiston | 10:23 / 20.07.2015
7849
1 daqiqa o‘qiladi

“Jo‘rabek” jome' masjidi binosi rekonstruksiya qilinadi

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda “Jo‘rabek” jome' masjidining loyihasi paydo bo‘lgan edi. Ushbu suratlarda “Jo‘rabek” jome' masjidining tasdiqlanmagan loyihasi aks etgan bo‘lib, hozirda masjidning yangi loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i M. Yo‘ldoshev Kun.uz saytiga ma'lum qildi. 

Ma'lumot uchun, 2015 yilning 26 aprel kuni, tungi soat 02:00 da Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 51 uyda joylashgan “Jo‘rabek” nomli jome' masjidining tom qismida, kuchli shamol natijasida masjid tomidan o‘tgan elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish