Iqtisodiyot | 20:50 / 20.07.2015
4023
1 daqiqa o‘qiladi

“Qizilqumsement” AJ temirbeton plitalar ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtiradi

“Qizilqumsement” AJ 2015 yilda loyihaviy quvvati yiliga 40,5 ming kub metrni tashkil qiluvchi temirbeton plitalar ishlab chiqarish jarayonini o‘zlashtiradi.

Kompaniyaning xabar berishicha, 4,4 mln dollarlik loyiha korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda eng yirik sement ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanadigan “Qizilqumsement” 176 mlrd so‘m sof foyda bilan 2014 yilda daromadlilik bo‘yicha O‘zbekistondagi korxonalar orasida rekordchi bo‘ldi.

2013 yilda korxonaning sof foydasi 225,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan edi.

2014-2016 yillarda korxona o‘z mablag‘lari hisobidan 39,6 mln dollarlik modernizatsiyalash dasturini amalga oshirmoqda.

Dasturda uch yil ichida yiliga 500 ming tonna quvvatga ega yangi sement tegirmoni qurilishi, klinker texnik liniyalarining modernizatsiyasi, 220/10 kV li bosh podstansiyaning qurilishi ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish