Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Odessa militsiyasini qayta tayyorlashni moliyalashtiradi
AQSh Odessa militsiyasining yangi xodimlarini tayyorlash va korrupsiyaga qarshi kurashni moliyalashtiradi. Tegishli memorandum AQSh Davlat departamenti kotibi o‘rinbosari Uilyam Braunfild va Odessa gubernatori Mixail Saakashvili tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua” portali.
Saakashvilining jurnalistlarga aytishicha, Odessa viloyatida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus guruh shakllantiriladi. Bu guruhga AQSh Davlat departamenti yordam berib turadi. Odessa viloyati gubernatori militsiya xodimlarini tayyorlashda yordam berish maqsadida Kaliforniya shtatidan Odessaga politsiyachilar kelganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Braunfild, o‘z navbatida, AQSh Ukrainaning yangi militsiyasini yaratishda texnik jihozlash, instruktorlar yordami, xodimlarni tanlashning yangi tizimini yaratishda umumiy miqdori 15 mln dollarni tashkil qiluvchi yordam berganini aytib o‘tdi..
Avvalroq AQSh Odessaga 100 ta harbiy “Xammer” avtomobili yetkazib bergani ma'lum qilingandi.