08:36 / 21.07.2015
2570

AQShda rossiyalik internet-qallob 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

AQSh sudi tomonidan internet-qalloblikda ayblangan rossiyalik Aleksey Svetlichniy ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Tergov jarayonida ma'lum bo‘lishicha, Svetlichniy internetdan tovar sotib olish uchun kredit va debet kartalar ma'lumotlarini ishlatgan. Sheriklarni u rus tilli ijtimoiy tarmoqlardan qidirib topgan.

Svetlichniy, shuningdek, 425 ming miqdorida jarima to‘laydi.

Top