Sport | 18:27 / 21.07.2015
2176
1 daqiqa o‘qiladi

Denis Istomin va Farrux Do‘stov «Devis Kubogiga sadoqati uchun» mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekistonlik tennischilar Denis Istomin va Farrux Do‘stov «Devis Kubogiga sadoqati uchun» mukofoti bilan taqdirlanishdi. Bu haqda «Pravda Vostoka» nashri xabar tarqatdi.

Bu mukofot mazkur nufuzli musobaqada yigirmatadan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan tennischilarga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Devis Kubogining ikkinchi bosqichida Janubiy Koreya terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Endilikda terma jamoamiz AQSh terma jamoasiga qarshi navbatdagi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish