Jahon | 10:20 / 21.07.2015
3077
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda yadroviy qurollarni butunlay yo‘q qilish haqida ma'lum qilindi

Eron hukumati yadroviy quroldan butunlay xalos bo‘lishi haqida e'lon qildi.

ISNA agentligi xabarida aytilishicha, Eron Islom respublikasi xalqaro xavfsizlikni ta'minlash uchun yadroviy qurollarni tarqatmaslik xususida amalga oshirilgan kelishuv doirasidagi shartlarni bajarishni boshlaydi.

Ta'kidlanishicha, Eron hukumati insoniyatga tahdid soluvchi yadroviy xavflarga qarshi kurashda faol ishtirok etadi.

Biroz oldinroq, BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha "oltilik" bilan kelishuvga erishganini ma'qullab chiqqandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish