17:52 / 21.07.2015
5877

International Champions Cup-2015 turnirida «Manchester Siti» «Roma»ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi

AQSh va Avstraliya davlatlari mezbonligida o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi International Champions Cup-2015 o‘rtoqlik turniri doirasidagi navbatdagi uchrashuvda Angliyaning «Manchester Siti» klubi Italiyaning «Roma» jamoasini o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda «shaharliklar» tarkibida ilk marta maydonga chiqqan Rahim Sterling 3-daqiqadayoq hisobni ochgandi. Unga ko‘p o‘tmay Miralim Pyanich javob qaytargan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda «Siti»ning nigeriyalik yosh hujumchisi Ixeanacho jamosini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin tugashi arafasida Lyayich kiritgan to‘p uchrashuvning durang bilan tugashiga sabab bo‘ldi.

O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida esa avvaliga Aleksandr Kolarov xatoga yo‘l qo‘ygandi. «Roma»ning oxirgi – beshinchi penaltisini amalga oshirgan Seydu Dumbiya ham xatoga yo‘l qo‘ydi va hisob tenglashdi. Bitta xatogacha davom etishi kerak bo‘lgan voqealar rivoji jamoalarning birinchi zarbalaridan keyinoq yakunlandi. Seydu Keytaning zarbasini Jo Hart bartaraf etdi va «Siti»ning uchrashuvda g‘alaba qozonishini ta'minladi.

ROMA – MANCheSTeR SITI – 2:2 (1:1), penalti bo‘yicha – 4:5

Gollar: 0:1 – Sterling (3), 1:1 – Pyanich (8), 1:2 – Ixeanacho (51), 2:2 – Lyayich (87).

ROMA: De Sanktis, Florentsi, Manolas, Romanoli, Torosidis, De Rossi, Uchan, Iturbe, Pyanich, Totti, Jyervino.

ROMA (ikkinchi taym): Lobonts, 65, Maykon, Mapu, Kastan, Koul, Nainggolan, Dumbiya, Keyta, Falke, Destro, Lyayich.

MANCheSTeR SITI (birinchi bo‘lim): Kabalero, Sanya, Kompani, Mangala, Klishi, Fernando, Sukulini, Garsiya, Silva, Sterling, Ixeanacho.

MANCheSTeR SITI (ikkinchi bo‘lim): Xart, Xorsfild, Kompani (Evans, 81), Denayyer, Kolarov, Ture, Lopes, Nasri, Navas, Barker, Ixeanacho (Unal, 72). 

Shuningdek bugun (Toshkent vaqti bilan ertaga) Shimoliy Amerika mintaqasida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

05:00

PSJ (Fransiya) – FIOReNTINA (Italiya)

08:00

SAN-XOSe ERTKUEYKS (AQSh) – MANCheSTeR YuNAYTeD (Angliya)

LOS-ANJYeLeS GELAKSI (AQSh) – BARSeLONA (Ispaniya)


Top