18:17 / 21.07.2015
2545

Janubiy Sudanda vabodan qariyb 40 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Sudanda vabodan 39 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayangan holda Al Arabia kanali xabar bermoqda.
Jami 1212 xastalanish holatlari kuzatildi. Epidemiya Markaziy Ekvatoriya va poytaxt Juba joylashgan Jongliy viloyatlaridir.
BTMning ma'lumot berishicha, inflyatsiya hukumatga vaboga qarshi kurashish imkoniyatini bermayapti.
“Ko‘pchilikning toza suv sotib olishga imkoniyati yo‘q. Sotib olishga qurbi yetadiganlar esa bunga bir oy oldingidan ikki barobar ko‘p pul sarflaydi”, – dedi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakili.
Janubiy Sudan sog‘liqni saqlash vazirligi epidemiya boshlanganini 23 iyun kuni e'lon qilgan bo‘lsa ham, birinchi xastalanish holati 18 may kuni Jubadagi BMT qarorgohida qayd qilingan edi. 2014 yili mamlakatda vabodan 167 kishi o‘lgan edi.

Top