Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:56 / 21.07.2015
4222
1 daqiqa o‘qiladi
Jorj Kluni Afrikadagi ixtiloflarga kim homiylik qilayotganini aniqlamoqchi
Aktyor Jorj Kluni The Sentry (“Qorovul”) loyihasini yaratayotganini ma'lum qildi. France-Presse agentligining ma'lum qilishicha, loyiha doirasida u Markaziy Afrikadagi ixtiloflarga kim homiylik qilayotganini aniqlamoqchi.
Kluni loyihani amerikalik huquq himoyachisi Jon Prendergast bilan hamkorlikda ishlab chiqmoqda. Ular birgalikda Janubiy Sudan, Sudan, MAR va Kongodagi ixtiloflarning moliyalashtirilishini kuzatib boradilar.
Oskar mukofoti sovrindorining fikricha, ixtiloflarni to‘xtatish uchun urushdan foyda ko‘rayotganlar jazolash kerak.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish