Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliningradlik erkak o‘zbekistonlik mehnat muhojirini o‘ldirgani uchun 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Rossiyaning Kaliningrad viloyatida qurilish ishlari buyurtmachisi ishchilardan birini o‘ldirgani uchun qattiq tartibdagi koloniyada jazoni o‘tash sharti bilan 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda viloyat prokuratura matbuot xizmati 20 iyulda ma'lum qildi.
Sudning aniqlashicha, 2014 yil avgustda Pribrejnoye posyolkasi yonidagi yo‘lda 36 yoshli kaliningradlik Andrey Stukachyov va uning uyi qurilishini olib borayotgan O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi bilan ish sharoitlari borasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Bahs davomida buyurtmachi o‘zining avtomobilidan ov miltig‘ini olib, o‘ziga yaqin turgan ishchilardan biriga qarata o‘q uzgan.
Stukachyov dastlab yo‘l qoplamasiga, keyin ishchining qorin sohasini nishonga olib o‘q uzgan. O‘zbekistonlik olingan jarohatlardan shifoxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan.