Jahon | 13:15 / 21.07.2015
2203
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Tojikiston fuqarosining uyidan 4 kg geroin topildi

Moskvaning janubida politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingan Tojikiston fuqarosining uyidan qariyb 4 kg geroin topildi. Bu haqda Rossiya giyohvand moddalar aylanmasiga qarshi kurash federal xizmati matbuot bo‘limiga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, operativ xodimlar yirik miqdorda geroin savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxs haqida ma'lumot olgan. Domodedovskoye metro bekati yaqinida gumondor qo‘lga olingan. U tojikistonli ekani aniqlangan. Uning mashinasidan 1 kg, uyidan 2.6 kg geroin topilgan.
Voqea yuzasidan jinoiy qo‘zg‘atilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish