Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olma-Ota avtobuslarida elektron chiptalar joriy qilinadi
Olma-Ota shahri jamoat transportida elektron chiptalar joriy qilinadi. Bu haqda “Olma-Ota transport xoldingi” MChB direktori Serik Jumabekov matbuot anjumani chog‘ida xabar berdi.
“Birodarligimiz shahar hokimi A. Yesimovning ko‘rsatmasiga binoan jamoat transportida xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqdi. Yo‘lkira haqini to‘lashni avtomatlashtirish tizimini joriy qilish loyihasi ishlab chiqildi. Tizim barcha transport vositalarida 2015 yil oxiriga qadar joriy qilinadi”, – dedi Jumabekov.
Uning so‘zlariga qaraganda, loyihadan ko‘zlangan maqsad – shahardagi barcha turdagi jamoat transportlarida elektron chiptalar tizimini joriy qilish. Bu yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash bilan birga, yo‘lkira haqlarining byudjyetga kirim qilinmay qolishi holatlarining ham oldini oladi.