Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonalik talabalar korrupsiya haqida WhatsApp orqali xabar berishi mumkin bo‘ladi
Yangi o‘quv yilida Ostona oliygohlari talabalari, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari korrupsiya haqida WhatsApp orqali xabar berishi mumkin bo‘ladi.
Kazakhstan Today nashrining yozishicha, yoshlar masalalari bo‘yicha shahar boshqarmasi tomonidan WhatsApp uchun yagona raqam ochiladi. Bu haqda boshqarma qoshidagi yoshlar siyosati bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori Baqitjon Junisbekov ma'lumot berdi.
“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunga asosan amalga oshirilayotgan tashabbus poraxo‘rlik holatlarini kamaytirish va butunlay bartaraf qilishga yo‘naltiriladi. Poraxo‘rlikda ushlanganlar qattiq jazolanadi.
Junisbekovning fikricha, universitetlarda “pora olishga gijgijlash” usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda talaba yoki uning rolini o‘ynayotgan tartibotchi o‘qituvchi yoki mas'ul shaxsga pora berishga harakat qiladi.