O‘zbekiston | 07:42 / 21.07.2015
5672
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 32ta paxta zavodida davlat ulushini qisqartiradi

O‘zbekiston yaqin ikki yil ichida 32ta paxta zavodida davlat ulushini qisqartiradi. Bu haqda 2015 yil 28 aprelda O‘zbekiston Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Ushbu zavodlardan 9tasi Andijon viloyatida, 7tasi Namangan viloyatida, 6tadan Jizzax va Toshkent viloyatida va 2tadan zavod Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida joylashgan.

Qarorda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi ushbu korxonalarning 51 foiz aksiyasini sotuvga chiqarish huquqiga egaligi ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 98ta paxta zavodi faoliyat yuritadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish