10:02 / 21.07.2015
5841

O‘zbekiston oliygohlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 605 mingdan oshdi

20 iyul kuni oliy o‘quv yurtlari qabul komissiyalarining ishi tugadi. Sinov imtihonlari 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston oliygohlari 605 836 nafar abituriyentlarining hujjatlarini qabul qilib olishdi. Bu mustaqillik yillarining mutlaq rekordidir. Joriy yilda bakalavriat yo‘nalishiga ajratilgan kvotalar 57 957tani tashkil qiladi. Shu tariqa, bir o‘rin uchun tanlov 10.45 kishini tashkil etadi.
2014 yili oliygohlarga 543 ming talaba hujjat topshirgan edi.

Top