22:52 / 21.07.2015
3952

O‘zbekistonda LG G FLEX 2 smartfoni sotila boshlandi

O‘zbekistonda LG kompaniyasining eng qiziq yangi smartfonlaridan biri – G Flex 2 modeli sotuvga chiqarildi. Bu LG’ning bukilgan va mayda tirnalishlardan o‘zi tiklanuvchi korpusga ega smartfonlarining ikkinchi avlod modelidir.

LG G Flex 2 smartfoni mart oyida bo‘lib o‘tgan CES 2015 ko‘rgazmasida namoyish qilingan. Smartfon 64 bitli 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 810 protsessori asosida ishlaydi. Qurilmaning 5,5 dyuymli ekranining ko‘rsatish qobiliyati Full HD formatigacha oshirilgan, yangilangan dasturiy ta'minot ko‘plab yangi funksiyalarni taklif etadi.

Smartfon Android 5.0 Lollipop operatsion tizimi ostida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchining ma'lumotlariga ko‘ra, smartfonning orqa qopqog‘i o‘zi tiklanuvchi qoplamaga ega.

Toshkentdagi “Fleshka” maishiy texnika va elektronika bozorida ushbu smartfon 2,3 mln so‘mdan taklif etilmoqda. Shu bozorning o‘zida smartfonning avvalgi modeli – G Flex ni 1,5 mln so‘mga sotib olish mumkin.

LG G Flex 2 ning texnik ko‘rsatkichlari:

Protsessor: 8 yadroli 64-bitli Qualcomm Snapdragon 810, 2.0GGts
Ekran: 5.5-dyuymli, bukilgan P-OLED Full HD (1080 x 1920, 403 ppi)
Xotira: 16/32MB eMMC ROM / 2GB DDR4 RAM / microSD raz'yem (2Tb gacha)
Kamera: asosiy 13Mp s OIS+ lazerli avtofokus bilan / Old 2.1Mp
Batareya: 3,000 mA-soat (ichki o‘rnatilgan)
Operatsion tizim: Android 5.0 Lollipop
O‘lchamlari: 149.1 x 75.3 x 7.1-9.4 mm
Og‘irligi: 152 gr.
Tarmoqlar: 4G / LTE / HSPA+ 21/42 Mbps
Ulanish: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth Smart Ready (Apt-X) 4.1, NFC, SlimPort, A-GPS / Glonass, USB 2.0
Rangi: platinasimon kumush, qizil flamenko
Qo‘shimcha funksiyalar: ishora bilan suratga olish, Gesture View, Glance View va boshqalar.

Top