Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Stambulining transferini e'lon qildi
"Tottenhem"ning sobiq himoyachisi Benjamin Stambuli "PSJ" tarkibiga o‘tdi. Bu haqida fransuz klubi rasmiy sayti xabar qilmoqda.
U Nyu-Yorkda tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli tarzda o‘tgan va jamoa bilan 2020 yilgacha shartnoma imzolagan. Transfer narxi 9 million yevroni tashkil qildi. Stambuli esa yangi klubida oyiga 240 ming yevro maosh oladi.
"Men "PSJ" safiga qo‘shilganimdan xursandman. Bunday klubdan taklif tushsa, har qanday futbolchi o‘ylab o‘tirmay rozilik bersa kerak. Endilikda yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘ladi", - deydi Stambuli.