Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qabriston ichida ko‘ngilxushlik qilayotgan o‘ynashlar bezorilarning qo‘liga tushib qoldi
G‘uzorda sodir bo‘lgan voqea tafsilotlari mayor Sh. Jahongirov tomonidan “Postda” gazetasiga hikoya qilib berildi.
G‘uzorlik oilali erkak Rashid Qarshi shahrida yashaydigan oilali ayol bilan til topishib qoldi. Ular tez-tez uchrashib turishar edi.
Bir kuni jazmanlar yarim kechasi mahalliy qabristonlardan biriga kirishdi. Qorovulxonaning bo‘shligini ko‘rib, o‘sha yerda ko‘ngilxushlik qilishdi.
Nodir, Aktam va Jahongir ismli yigitlar kechki sayr paytida yo‘lni yaqin qilish maqsadida qabriston ichida o‘tayotgan edi. Ular qorovulxonadan g‘alati ovozlar eshitilayotganini payqab, eshikni taqillatishdi. Ichkarida bo‘layotgan ahvolni ko‘rgan yigitlar Rashidni tashqariga olib chiqib, tepkilashdi. So‘ng ichkarida qolgan ayolni zo‘rlab, ikki “oshiq”ni qorovulxona ichiga qamab ketishdi.
Ertalab kelgan qabriston xodimlari xona ichida o‘tirgan juftlikni ko‘rib, tegishli idoraga xabar berishdi. Rashid shifoxonaga yotqizildi, uni do‘pposlagan yigitlar esa jinoiy javobgarlikka tortildi.