Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiya va Ukrainaning bir qator ishlab chiqaruvchilari olib kiradigan go‘shtni man qildi
Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Rossiya va Ukrainada faoliyat yuritadigan bir qator korxonalar yetkazadigan parrandachilik mahsulotlarini vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati axborot berdi.
“Qaror sanitariya-epidemiologiya ekspertizasi natijasida qabul qilindi. Tekshiruv davomida patogen mikroflora (Salmonella) aniqlandi”, – deyiladi xabarnomada.
Taqiq ro‘yxatiga "Blagoyar", "Myasoptitsekombinat "Blagodarnenskiy" OAJ (Rossiya, Stavropole o‘lkasi, Blagodarniy shahri); "Mironovskaya ptitsefabrika" XAJ (Ukraina, Cherkasskaya viloyati, Kanevskiy tumani, Stepantsi qishlog‘i); "Nagaybakskiy ptitsevodcheskiy kompleks" MChJ (Rossiya, Chelyabinsk viloyati, Nag‘aybak tumani); "Yubileynoye" MChJ (Rossiya, Chamzinskiy tumani, poselok Chamzinka) singari korxonalar kirdi.