14:45 / 21.07.2015
5054

RBK: Interpol qidiruv bazasidan Yanukovich dosesi yo‘qolib qoldi

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich nomiga Interpol qidiruv bazasidan olib tashlandi. Bu haqda RBK nashri xabar bermoqda.
Siyosatchining advokatlari bergan ma'lumotlarga qaraganda, bu ish ularning arizalari asosida amalga oshirilgan. Bu haqda 2014 yil martidan buyon Yanukovichga xizmat ko‘rsatayotgan Joseph Hage Aaronson advokatlik kontorasi xodimlari ma'lumot berdi.
Aytilishicha, Yanukovich haqida axborot bazaga 2015 yilning 12 yanvarida kiritilgan edi. U bilan birga qidirilayotgan siyosatchilar ro‘yxatiga Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov, sobiq moliya vaziri Yuriy Kolobov va Ukrtelekomning sobiq rahbari Georgiy Dzekonlar kiritilgan.
Ayni paytda Yanukovich va Dzekonning anketalari bo‘shatilgan, Azarov va Kolobovning anketalari esa kuchda qolmoqda.

Top