00:18 / 21.07.2015
3841

Rojyer Federer Malavida bolalar tibbiyot markazi ochdi

Mashhur shveysariyalik tennischi Rojyer Federer Malaviga tashrif buyurib, u yerda o‘z xayriya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etilgan bolalar tibbiyot markazi ochilishi marosimida ishtirok etdi.

“Mening fikrimcha, har bir bola ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Men shunday bo‘lishini istayman, shuning uchun mahalliy bolalarga qo‘limdan kelgancha yordam berishga harakat qilmoqdaman. O‘zimning xayriya jamg‘armam faoliyatining Malavidagi hayotga ta'sir qilayotganini ko‘rish juda yoqimli”, deb aytdi ushbu munosabat bilan Rojyer.

Top