11:28 / 21.07.2015
1601

Toshkentda bir uydan 18ta zargarlik buyumini o‘g‘irlab ketgan talonchi qo‘lga olindi

Toshkentda bir uydan 18ta zargarlik buyumini o‘g‘irlab ketgan talonchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati darak bermoqda.
Aytilishicha, boshqarmalardan biriga shaharning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi Saydali ismli shaxs murojaat qilib, uyidan 18 turdagi zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketilganini ma'lum qilgan. Tekshiruv natijasida talonchi uyga derazani sindirib kirgani aniqlandi.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida Yunusobod tumanida yashovchi Eldor ismli shaxs bu jinoyatni sodir etgani ma'lum bo‘ldi.

Top