Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 31 kishini hayotdan olib ketgan teraktni uyushtirgan terrorchi Suriyadan kelgani ma'lum bo‘ldi
Turkiyaning Shonliurfa viloyati Suruch uyezdida sodir etilgan, 31 kishini hayotdan olib ketgan teraktni amalga oshirgan ayol bir oy muqaddam Suriyadan mamlakatga kirib kelgani aniqlandi. Mahalliy televideniyening xabar berishicha, ilgariroq politsiya Suriyadan qo‘poruvchilik harakatlari sodir etish uchun kirib kelgan uch nafar ayol haqida ma'lumot olgan edi.
Jinoyatda gumon qilinayotgan ayolning suratlari va videotasvirlari politsiyaning barcha boshqarmalariga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, Amara madaniy markazi binosi kirishidagi portlash natijasida bu yerda yashayotgan yosh sotsialistlar jamiyatlari federatsiyasining 300 vakilidan 31 nafari halok bo‘ldi. Ularning bari Suriyaning Kobani shahriga borib, mahalliy aholiga binolar va infrastrukturani tiklashga yordam berishga tayyorlanayotgan edi.