Jamiyat | 16:12 / 21.07.2015
5314
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada qo‘poruvchilik uyushtirgan terrorchining shaxsi aniqlandi

Turkiyaning tegishli tashkilotlari Shonliurfa viloyatining Suruch shahrida 31 kishini hayotdan olib ketgan qo‘poruvchilik harakatini amalga oshirgan terrorchining shaxsini aniqladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li bayonot berdi.
Eslatib o‘tamiz, Amara madaniy markazi binosi kirishidagi portlash natijasida bu yerda yashayotgan yosh sotsialistlar jamiyatlari federatsiyasining 300 vakilidan 31 nafari halok bo‘ldi. Ularning bari Suriyaning Kobani shahriga borib, mahalliy aholiga binolar va infrastrukturani tiklashga yordam berishga tayyorlanayotgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish