Jahon | 11:45 / 21.07.2015
2457
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya mudofaa vazirligi: Pxenyanning Tokioga yadroviy tahdidi o‘sib boradi

Yaponiyaga nisbatan Shimoliy Koreyaning yadroviy raketalari harakati tahdidi kun sayin kuchayib bormoqda. Bu haqda mudofaa vazirligining 21 iyul kuni e'lon qilingan “Oq kitob” nomli hisobotida aytildi.
“Harbiy faollik va KXDRning raketa-yadroviy dasturining rivojlanishi Yaponiya xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf solmoqda”, – ta'kidlanadi hisobotda.
“Xitoy” bo‘limida hujjat mualliflari “Shimoliy va Janubiy Xitoy dengizlaridagi status-kvoni kuch yordamida o‘zgartirish”ga bo‘lgan harakatlar yuzasidan xavotir bildirilgan.
Shuningdek, oxirgi 27 yil ichida XXRning harbiy xarajatlari 41 barobarga o‘sgani ta'kidlab o‘tildi. Shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda ijobiy o‘zgarishlar ham kuzatib borilmoqda.
Rossiyaga kelganda esa, hisobot mualliflari uning Ukraina inqiroziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorlikda hamda “o‘z qurolli kuchlari ta'sir doirasini kengaytirib, AQSh va Yevropa bilan qarama-qarshilikka kirishayotgan”likda aybladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish