Texnologiya | 21:52 / 22.07.2015
4467
1 daqiqa o‘qiladi

“Odnoklassniki” dasturchilari sayt kamchiligini topgan foydalanuvchilarga pul to‘laydi

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ini dasturchilari jamoasi saytning mobil hamda destkop ko‘rinishidan xato topgan foydalanuvchilarga pul to‘lashini ma'lum qildi.

2015 yilning iyulidan boshlab istalgan foydalanuvchi kamchilikni HackerOne platformasi orqali ma'lum qilishi va buning uchun pul olishi mumkin. Mukofot hajmi kamchilikning jiddiyligiga qarab belgilanadi va eng kamida 100 dollarni tashkil etadi.