11:58 / 22.07.2015
2612

“O‘zbekiston” yo‘l ko‘rsatkichining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasida “O‘zbekiston” yo‘l ko‘rsatkichining elektron versiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Yo‘l ko‘rsatkich “Russkiy gid. Poliglot” silsilasi nashri bo‘lib, rossiyalik sayyohlar va turistik kompaniyalarga mo‘ljallangan. U 2015 yilning sentabrida nashrdan chiqadi.

Kitob Rossiya kitob do‘konlari tarmoqlari, supermarketlar va kiosklar, Duty Free do‘konlari va xalqaro aeroportlardagi tegishli shoxobchalar orqali tarqatiladi.

Top