Iqtisodiyot | 11:55 / 22.07.2015
2440
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz” 2014 yildagi daromadning 90 foizini investitsion loyihalar bo‘yicha kreditlarga yo‘naltirdi

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi 2014 yilda olingan daromadning 90 foizini investitsion loyihalar bo‘yicha kreditlarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirdi. Bu kompaniya hisobotidan ma'lum bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, o‘tgan yili kompaniya 67.2 mlrd so‘m sof foyda olgan.
3.3 mlrd so‘m yoki 5 foiz foyda zaxira fondiga, 60.5 mlrd so‘m yoki 90 foizi esa investitsion kreditlarga, qolgan pullar dividentlar to‘lashga yo‘naltirildi.
Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividentlar donasiga 3.3 so‘mni tashkil qildi.
Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, respublika neft-gaz sektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2001 yildan 2013 yilga qadar 320 marotaba o‘sib, 1.7 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2001 yili bu ko‘rsatkich 5.3 mln dollarga teng edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish