Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3D-nashr "qaroqchilik"ni rivojlantirib, Gollivud daromadini qisqartirishi mumkin
Gollivud filmlaridagi qahramonlarning nusxasini 3D-printer yordamida yaratish mumkinligi rasmiy suvenir mahsulotlarining narxiga aks ta'sir ko‘rsatishi hamda kinostudiya daromadini kamaytirishi mumkin. Bu haqda WSJ xabar bermoqda.
Bunday xavotirga kartina qahramonlarining 3D-nashr yordamida yaratishdan tashqari, nashr uchun tayyor bo‘lgan fayllarni internetga joylanayotgani sabab bo‘lmoqda.
Bular Gollivud daromadining sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi. Chunki suvenir mahsulotlar sotuvidan tushadigan mablag‘ ham kinostudiyalar daromadining katta qismini tashkil etadi.
Misol uchun, 2015 yilning ikkinchi choragida Disney studiyasining suvenir mahsulotlardan topgan daromadi 971 mln dollarni tashkil etgan.