14:42 / 22.07.2015
3346

Afg‘onistonda yuz bergan portlash tufayli 10 kishi halok bo‘ldi

22 iyul kuni Afg‘onistonning shimolida yuz bergan terakt natijasida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, tanasiga bomba o‘rnatilgan jangari Faryob viloyatidagi bozorda o‘zini portlatib yuborgan. Terakt natijasida kamida 30 kishi og‘ir tan jarohatlari olgan.

Top