Jahon | 16:10 / 22.07.2015
3109
1 daqiqa o‘qiladi

Al-Fallujadagi portlashda 22 kishi halok bo‘ldi

Iroqning al-Falluja shahrida sodir etilgan portlash oqibatida 22 nafar askar va ko‘ngilli halok bo‘ldi, deb xabar beradi Al Jazeera kanali.
Qo‘poruvchilik harakati IShIDga a'zo ikki nafar kamikadze tomonidan amalga oshirildi. Halok bo‘lganlardan tashqari, yana 24 kishi jarohatlandi.
Ma'lum qilinishicha, ikkala mashina ham Iroq harbiylaridan o‘g‘irlab ketilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish