Jamiyat | 12:35 / 22.07.2015
14060
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyada Qur'oni Karimning eng qadimiy qo‘lyozmasi topildi

Angliyaning Birmingem universiteti xodimlari universitet kutubxonasi javonlarida muqaddas Qur'oni Karimning eng qadimiy qo‘lda yozilgan nusxasi saqlanganini bilganlaridan keyin o‘zlari uchun kutilmagan yangilikni kashf etishdi.

Universitetda saqlanayotgan Qur'oni Karimning nusxasi kelib chiqishi iroqlik bo‘lgan tarixchi Alfons Mingan tomonidan sovg‘a qilingan. U universitet ixtiyoriga 1920 yilda o‘tgan.

Ekspertlar qo‘lyozmani tadqiq qilib, uning sahifalarining yoshidan karaxt holga kelishdi. Uglerod tahlili bu qo‘lyozma 1300 yil avval yozilgani va u payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bilan shaxsan tanish bo‘lgan, uning mavizalarini tinglagan va yozib borgan inson tomonidan bitilgan bo‘lishi mumkinligidan darak bermoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish