Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple iOS 9 beta-versiyalari foydalanuvchilariga App Store’da izoh qoldirishni taqiqladi
Apple kompaniyasi App Store’da o‘z ilovalarini joylashtiradigan ishlab chiqaruvchilar hamda iOS 9 beta-versiyalari foydalanuvchilariga izoh qoldirish va baho qo‘yishni taqiqladi. Bu haqda TechCrunch ma'lumot berdi.
Chora huquq mualliflarining iltimoslariga binoan ko‘rilmoqda, negaki ko‘pgina mahsulotlar yangi dasturiy ta'minotning beta-versiyasida ishlashga tayyor emasligi ma'lum bo‘ldi.
2015 yili Apple birinchi marta yangi operatsion dasturning beta-versiyasini barcha foydalanuvchilarga bepul ulashdi. 2008 yildan buyon barcha relizoldi versiyalari faqat tegishli uskunalar egalariga ochiq bo‘lar edi.