Texnologiya | 12:20 / 22.07.2015
3812
2 daqiqa o‘qiladi

Audi o‘zining kuchli TT kupesini “mexanik” uzatmalar qutisiz chiqaradi

Audi kompaniyasi TT kupesining yangi avloddagi eng kuchli modifikatsiyasi RS da mexanik uzatmalar qutisidan foydalanishdan voz kechmoqchi. Bu haqda Car and Driver nashri xabar bermoqda.

Avvalroq BMW M GmbH bo‘limi rahbari Frank van Mil bavar kompaniyasida “qudratli” modellarda mexanik transmissiyalarga talab kamligi tufayli kelgusida ularda mexanik uzatmalar qutisidan foydalanishdan voz kechilishi mumkinligini aytgan edi.

Avvalgi avloddagi Audi TT RS modeli Yevropada 6 pog‘onali “mexanika” va ikkita ilashish tepkisiga ega 7 pog‘onali “avtomatika” bilan, AQSh bozorida esa faqatgina mexanik uzatmalar qutisi bilan taklif etilayotgan edi.

Yangi “qudratli” ikki eshikli kupe avvalroq Audi RS3 Sport xot-xetchida qo‘llangan modernizatsiyalashgan yetti pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilangina jihozlanadi.

Kupe 360–400 ot kuchiga erisha oladigan 5 silindrli 2,5 litrli turbomotor bilan jihozlanadi. Yangi avlod Audi TT RS mashinasi 2016 yilda savdoga chiqariladi. Yangi avtomobil mexanik uzatmalar qutisiga ega BMW M2 bilan raqobatlashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish