Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: butun sayyora bo‘yicha havo harorati baland davrlar ko‘payadi
AQSh va Yaponiya metereologlarining kuzatishlari joriy yilda kuzatuvlar tarixidagi eng issiq ob-havo kuzatilganini qayd qilishdi. Bu haqda BMT axborot markazi xabar bermoqda.
O‘tgan iyunda oyi oxirgi 135 yil ichida eng issiq ob-havo kuzatildi. Bu AQSh okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) tomonidan xabar qilindi.
Hisobot davrida harorat XX asrning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 0.88 daraja issiq keldi. Bu bilan 2014 yili qayd qilingan rekord yangilandi.
Boshqarma 1880 yildan buyon ob-havoni muntazam kuzatib keladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, birinchi yarim yillik tarixdagi eng issiq davr bo‘ldi – o‘rtacha harorat 2010 yili qayd qilingan rekorddan 0.85 daraja baland bo‘ldi.
Mutaxassislar AQSh, Janubiy Amerika, Ispaniya va Avstraliyada eng rekord darajadagi issiqlik kuzatilganidan darak bermoqdalar. Bundan tashqari, Hindiston va Pokistonda 49 daraja issiq bo‘lib, buning oqibatida deyarli 4 ming kishi halok bo‘ldi.
“Biz kuzatayotgan bu jarayonlar iqlim o‘zgarishlaridan dalolat beradi, – deydi tashkilot vakili Kler Nullis. – Biz taxmin qilayotgan ssenariy issiq havo hukmron davrlarning yil kesimida ko‘payishini, ular uzoqroq davom etishi va issiqlikning faollashib borishini ko‘zda tutadi. 2003 yil bilan qiyoslaganda, joriy yilda havo juda tez isib ketdi”.