22:07 / 22.07.2015
2454

Dell -29 dan +63 darajagacha bo‘lgan haroratda ham ishlay oladigan planshet taqdim etdi

Dell kompaniyasi og‘ir sharoitlarda foydalanishga mo‘ljallangan Latitude 12 Rugged planshetini taqdim etdi. Planshet suv va changdan himoyalangan bo‘lib, 1,2 metr balandlikdan tushib ketgan holatda ham butun qoladi. Bundan tashqari, Latitude 12 Rugged -29 dan +63 darajagacha bo‘lgan haroratda ham ishlay oladi.

Dell Latitude 12 Rugged yorug‘ joyda ham ko‘rish sifatini yo‘qotmaydigan 11,6 dyuymli HD ekran bilan jihozlangan bo‘lib, undan qo‘lqop kiygan holatda ham foydalanish mumkin. Shuningdek, planshet Core M Broadwell protsessori hamda 8 GB tezkor xotiraga ega. Doimiy xotira hajmi 512 GBga teng. Bundan tashqari, Wi-Fi, NFC hamda GPS modullari ham mavjud. 

Top