Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FedEx va Boeing rekord darajadagi samolyotlar sotib olish bo‘yicha kelishib oldilar
FedEx jo‘natmalarni yetkazib berish xizmati Boeing aviasozlik kompaniyasi bilan 50 ta Boeing 767 yuk samolyoti xarid qilish bo‘yicha kelishib oldi. Bu xarid ushbu turdagi samolyotga butun tarix davomida berilgan eng katta buyurtma bo‘ladi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi. Kelishuvning summasi 10 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Agentlikning qayd etishicha, bu bitim 1980-yillarning samolyotlariga “yangi hayot” beradi.
“Biz bu samolyotlarni yuqori baholaymiz va ularga ishonamiz”, deb ushbu bitimga izoh berib o‘tdi Boeing matbuot kotibi Dag Alder.
Ushbu samolyotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 5 yil ichida amalga oshiriladi, kurerlik xizmatiga ilk samolyotlar 2018 yilda yetkazib beriladi.
FedEx kompaniyasining ijrochi direktori Devid Bronchekning ta'kidlashicha, kelishuv sarf-xarajatlarni kamaytirish, yetkazib berishlar ishonchliligini oshirish va yonilg‘iga sarflanadigan mablag‘lar samaradorligini oshirishga imkon beradi.