07:09 / 22.07.2015
2140

Hindistonda 2014 yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 141 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi

Hindistonda 2014 yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 141 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda 21 iyul kuni Hindiston jinoyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish milliy byurosi ma'lum qildi.

Byuroning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatdagi yo‘llarda har soatda o‘rtacha 16 kishidan ko‘proq odam vafot etgan. Bu ko‘rsatkich 2013 yildagi ko‘rsatkichdan 3 foizga ko‘proqni tashkil qilgan.

Aksariyat hollarda YTHlarga tezlikning oshirilishi sabab bo‘lgan.

Top