Texnologiya | 20:02 / 22.07.2015
2785
1 daqiqa o‘qiladi

Kamyob jonzotlarni yurak urishi datchiklari himoya qiladi

Brakonerlik tufayli yo‘q bo‘lib ketayotgan jonzotlar yurak urish datchiklari, global kuzatuv qurilmalari va videokameralar bilan ta'minlanadi, bu reynjyerlarga brakonerlarning harakatlariga zudlik bilan javob berish imkonini beradi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Ushbu tizimni ishlab chiqayotgan Angliyaning Protect kompaniyasi vakillarining ta'kidlashicha, reynjyerlar jinoyat joyiga vertolyot yoki yuk mashinalarida bir necha daqiqa ichida yetib kelishlari mumkin bo‘ladi, bu brakonerlarga hayvonlar to‘shini bo‘laklab, voqea joyidan qochib ketishga imkon bermaydi. Tizim jinoyatchilarni jinoyat ustida dalillar bilan tutishga imkon beradi.

Texnologiya borgan sari xavfli ravishda ko‘payib borayotgan brakonerlik holatlariga barham berishga yordam berishi kerak. Protect kompaniyasi o‘zining brakonerlik holatlarini kuzatish intellektual tizimini real vaqt davomida sinovdan o‘tkazishni boshlashga tayyorligini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish