Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:47 / 22.07.2015
2378
1 daqiqa o‘qiladi
KXDRda uzoq ta'sir radiusi raketalari uchun yangi uchirish platformasi yaratildi
KXDRda uzoq ta'sir radiusi raketalari uchun yangi uchirish platformasi qurildi. Bu haqda Renxap agentligi xabar bermoqda.
“O‘ylashimizcha, Shimoliy Koreya Tonchxannidagi qayta qurilgan platformani uzoq radiusli raketalar uchirish uchun qo‘llamoqda. Ular Inxa-3 raketalaridan ko‘ra uzoqroqqa uchadi”, – dedi Janubiy Koreya hukumatidagi manba.
Platforma balandligi 67 m ni tashkil qiladi, yangi raketalar esa Inxa-3dan ikki barobar kattaroqdir.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish