12:38 / 22.07.2015
2155

"Manchester Yunayted" Serxio Ramos uchun 60 mln yevro taklif qildi

"Manchester Yunayted" "Real" himoyachisi Serxio Ramos transferi bo‘yicha harakatlarini davom ettirmoqda.

El Pais nashrida ma'lum qilinishicha, manchesterliklar "Real" jamoasiga Ramos uchun yana bir marta 60 mln yevrolik taklif jo‘natishgan.

Ta'kidlash joizki, Ramos "Real"ni tark etishni istamoqda.

Agar madridliklar bu taklifni qabul qilishsa, jamoalar De Xea borasidagi muzokaralarga kirishishlari mumkin.
Ba'zi xabarlarda esa "Real" biroz oldinroq "Espanol"dan Kiko Kasilini xarid qilgani tufayli De Xeaning transferi masalasini keyingi yozga qoldirishi ham mumkin.

Qayd etish joizki, De Xeaning "MYu" bilan shartnomasi keyingi yil yozida yakunlanadi va u o‘shanda erkin agent maqomida "Real"ga kelishi mumkin. Ayni vaqtda esa "MYu" ushbu darvozaboni uchun 40 mln yevrolik narx belgilab qo‘ygan.

Top