Jamiyat | 01:01 / 22.07.2015
7740
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada “Mega” savdo-ko‘ngilochar markazi yonidagi YTHda o‘zbekistonlik haydovchi halok bo‘ldi

21 iyul kuni Moskva vaqti bilan 10:20 da Moskva shahrida “Mega” savdo-ko‘ngilochar markazi yaqinida yuk mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi svetoforda to‘xtashga ulgura olmay, oldinda turgan samosvalga borib urilgan. Yuk mashinasi salonida siqilib qolgan haydovchi ma'lum vaqt tirik bo‘lgan, keyin o‘lib qolgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Howo yuk mashinasi haydovchisi Shirokaya Rechka tomonga qarab ketayotganda, tezlikni me'yoridan oshirib va o‘zidan oldinda ketayotgan samosval bilan oraliq masofaga amal qilmagan. Oldindagi samosval svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtaganda, yuk mashinasi haydovchisi to‘xtashga ulgura olmay, samosvalga urilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan haydovchi 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanligi ma'lum bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish