Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada 153 nafar xitoylik o‘rmonni kesgani uchun umrbod qamoq jazosiga tortildi
Myanmaning shimolida joylashgan Kachin shtatining Michina shahri sudi Xitoyning 153 nafar fuqarosini noqonuniy tarzda o‘rmon kesgani uchun umrbod, yana ikki kishini 10 yil qamoq jazosiga tortdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Manbaning ta'kidlashicha, barcha sudlanganlar jazo hukmi ustidan shikoyat qilish huquqiga egalar. Xitoyning Yangondagi elchixonasi va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan hech qanday izoh bermadi.
Xitoy-Myanma chegarasi Myanma uchun xitoy kontrabandasi tufayli muammoli hudud hisoblanadi. O‘tgan yili chegarada 10 ming tonna kontrabanda yog‘och musodara qilingan edi. Bundan tashqari, Kachin shtati 1962 yildan beri Myanma harbiylari va “Kachin mustaqilligi armiyasi” o‘rtasidagi mojaroli hudud hisoblanadi.