12:01 / 22.07.2015
2492

NNTni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Parlament komissiyasi 15ta ijtimoiy sherikchilik sub'yektiga 2 mlrd so‘m pul ajratdi

O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi 2015 yilning o‘tgan davri mobaynida 15ta ijtimoiy sherikchilik sub'yektining 15ta loyihasini 2 mlrd so‘m miqdorida qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda komissiyaning kengaytirilgan yig‘ilishida ma'lum qilindi.
Komissiya a'zolari, senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda komissiya raisi A. Saidov “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida”gi qonunning NNT sohasiga joriy qilinayotganini hamda ushbu yo‘nalishga fond tomonidan mablag‘ ajratilib kelinayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top