Jahon | 10:09 / 22.07.2015
2404
1 daqiqa o‘qiladi

NTV bosh direktori kompaniyani tark etadi

NTV telekanali bosh direktori Vladimir Kulistikov o‘z lavozimidan bo‘shamoqda. Bu haqda yirik federal kanallardan biridagi manbaga tayangan holda “Vedomosti” gazetasi ma'lumot berdi.

Aytilishicha, Kulistikov moliyaviy muammolar tufayli ketishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin, negaki “Gazprom-media” yangi mavsum uchun shou va seriallar olish uchun kanal byudjyetini shu paytgacha tasdiqlamagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish