06:50 / 22.07.2015
3344

Obama: koalitsiya IShID pozitsiyalariga umumiy hisobda 5 mingdan ko‘proq aviazarba berdi

AQSh va uning aksilterrorchilik koalitsiyasi bo‘yicha ittifoqdoshlari “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi operatsiya o‘tkazilishi butun davri davomida terrorchilarning pozitsiyalariga 5 mingdan ziyodroq aviazarba bergan. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama Xorijiy urushlar faxriylari tashkiloti yig‘ilishidagi nutqi paytida aytib o‘tdi.

“60ta davlatdan tarkib topgan koalitsiya, jumladan arab davlatlari, “IShID”ga qarshi kurashmoqdalar. Men AQSh Yaqin Sharqda yana bitta yirik quruqlikdagi urushga kirishishi kerak emasligiga qat'iy ishonaman. Bu bizning milliy xavfsizligimiz, harbiylarimizga yomon ta'sir ko‘rsatadi. Biroq biz nima qila olsak, shuni qilmoqdamiz, ya'ni “IShID”ga havodan turib zarba bermoqdamiz, hozirda bunday aviazarbalar 5 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda”, deb aytdi Obama.

“Yaqinda ro‘y bergan dushmanning jang maydonidagi yo‘qotishlari IShIDni yutish mumkinligini ko‘rsatdi. Biz kurashni tugatishdan hali yiroqdamiz, bu vaqt talab etadigan uzoq davom etadigan tadbir. Biroq biz bu vahshiyona terrorchilik tashkilotini batamom yo‘q qilamiz, bunga shubhalanmayman”, deb o‘z so‘zini yakunladi Obama.

AQSh va uning ittifoqdoshlari “IShID”ning Iroqdagi pozitsiyalariga 2014 yilning avgustidan, Suriyadagi pozitsiyalariga 2014 yilning sentabridan zarba berib kelmoqda.

Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, iyun oxiriga kelib koalitsiya harakatlari natijasida ekstremistlarning 7,6 mingta obekti – 98ta tank, 472ta harbiy baza, 2 mingdan ko‘proq inshoot, 1,8 ming jangovor pozitsiyasi, 154ta neft infratuzilmasi obektlari hamda 3 mingta boshqa nishonlar yo‘q qilindi yoki shikast yetkazildi. 2015 yil 18 iyuniga qadar operatsiya uchun umumiy hisobda 2,91 mlrd dollar, ya'ni kuniga 9,2 mln dollardan sarflanib kelingan.

Top