16:44 / 22.07.2015
2031

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 283ta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 283 ta yong‘inlar sodir bo‘lganligi qayd etilgan.

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 2 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan va 1 kishi halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 860 mln. 515 ming so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 705 mln. 175 ming so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan. 

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro U.Rahimovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. 

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro R.Soliyevning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 80 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. 

Ushbu holatlar beparvolik va e'tiborsizlik tufayli sodir bo‘lmoqda. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish so‘raladi.

Top