Jamiyat | 13:57 / 22.07.2015
15194
1 daqiqa o‘qiladi
Oyparast qiz tushida pianino chaldi
Yangi Zelandiyada yashovchi 12 yoshli Kivi Izabel oyparastlik (lunatizm) kasalining o‘ziga xos shakliga chalingan. U nafaqat tushida yuradi, balki pianino ham chaladi.
Qizning qarindoshi uning bu xatti-harakatlarini videoga olib, tarmoqqa joylashtirdi. Uning aytishicha, qizaloq uyqudan uyg‘onmay qo‘shiq ham ayta oladi.
Kadrlarda 12 yoshli Kivi yiqilib tushmaslik uchun peshonasi bilan pianino qopqog‘iga tayangan holda asbobni chalayotgani ko‘rinadi. Kivi bir qancha muvaffaqiyatli akkordni olganidan keyingina uning uxlayotgani ma'lum bo‘ladi. Rolik oxirida qizning xurrak otayotgani aniq ko‘rinadi.
Qiz musiqa maktabiga qatnaydi va u yerning iste'dodli o‘quvchilaridan biri hisoblanadi.